O'quv markazlari uchun
Har bir o'quvchiga — o'z testi.
Stepix mavzuni oladi va savollarni o'zi yozadi. Qirq kishilik sinfga qirq xil variant — aralashtirilgan emas, har biri alohida tuzilgan. Javob varaqasini telefonda suratga olasiz, natija o'zi chiqadi.
Ro'yxatdan o'tish shart emas — biz markazingizni o'zimiz ochib beramiz.
Nega kerak
Test tuzish o'qituvchining eng ko'p vaqtini yeydi.
Va bu vaqt dars o'tishdan olinadi. Stepix shu ishni o'z zimmasiga oladi.
Bugun
- Savollar qo'lda yoziladi yoki eski kitoblardan ko'chiriladi
- Bir xil variantlar yildan yilga takrorlanadi
- Har bir o'quvchiga alohida variant — amalda imkonsiz
- Javoblarni tekshirish soatlab davom etadi
- Kim qaysi mavzuda qoqilayotgani hech qayerda yozilmaydi
Stepix bilan
- Mavzuni tanlaysiz — savollar bir necha daqiqada tayyor
- Har safar yangi savollar, takrorlanmaydi
- Har bir o'quvchiga haqiqatan boshqa variant
- Varaqani suratga olasiz — baho o'zi qo'yiladi
- Zaif mavzular o'quvchi, guruh va markaz kesimida ko'rinadi
To'rt qadam
Mavzudan tahlilgacha — bitta oqim.
O'qituvchi faqat birinchi qadamni bajaradi, qolgani o'zi ketadi.
Mavzuni tanlang
Fan, yo'nalish va mavzu. Yoki darslikning bir sahifasini suratga oling — Stepix undan mavzularni o'zi ajratadi.
Test tayyor bo'ladi
Savollar, variantlar, to'g'ri javob va izoh. Kerak bo'lsa geometrik chizma ham chiziladi. Yoqmagan savolni tahrirlaysiz.
Tarqating
Telefon orqali yuboring yoki QR kodli varaqalarni chop eting. Har bir o'quvchida o'z varianti va o'z kodi.
Natijani oling
Varaqani suratga oling — baho avtomatik. Kim qayerda qoqildi, qaysi mavzu oqsayapti — hammasi panelda.
Jonli namuna
Bitta mavzu, to'rt o'quvchi — to'rt xil savol.
O'quvchini tanlang va savolga javob bering. Yonma-yon o'tirganlar bir-biridan ko'chira olmaydi: savol ham, raqamlar ham boshqa.
Mavzu bitta — lekin har bir variant alohida yozilgan.
Stepix savollarni aralashtirmaydi. Har bir o'quvchi uchun boshqa shart, boshqa raqam va o'z izohi bilan yangi savol tuziladi.
Bu — namuna. Haqiqiy testda savollar mavzu, sinf darajasi va markaz o'tgan materialga qarab tuziladi.
Imkoniyatlar
O'quv markazi bir kunda nima qiladi — hammasi bitta joyda.
Har o'quvchiga alohida test
Aralashtirish emas — har bir o'quvchi uchun alohida yozilgan savollar. Ko'chirish ma'nosini yo'qotadi.
Qog'ozdan raqamga
QR kodli varaqa chop etiladi, javoblar telefon suratidan o'qiladi. Qog'ozdan voz kechish shart emas.
Tahlil o'zi keladi
Qaysi o'quvchi, qaysi guruh, qaysi mavzu orqada — diagrammalarda va AI yozgan qisqa xulosada.
Platforma o'rganadi
Ishlangan testlar va tipik xatolar keyingi savollar sifatini oshiradi. Markazning o'z savollari esa maxfiy qoladi.
Mobil ilova
O'quvchi test ishlaydi, natijasini va reytingini ko'radi. O'qituvchi guruhini boshqaradi va varaqa skanerlaydi.
Ma'lumot xavfsizligi
Har bir markazning ma'lumoti ikki qatlamda ajratilgan — ilovada va bazaning o'zida.
Tahlil
Test tugadi — endi nima qilish kerakligi aniq.
Baho bilan to'xtab qolmaydi: har bir mavzu bo'yicha guruh qanchalik o'zlashtirgani va AI yozgan qisqa xulosa panelda paydo bo'ladi.
7-A guruh · Geometriya
Namuna ma'lumot. Haqiqiy panelda — o'quvchi, guruh va butun markaz kesimida.
Mobil ilova
O'qituvchi va o'quvchi — cho'ntagida.
Bitta ilova, ikki rol. O'qituvchi test tuzib, varaqani skanerlaydi; o'quvchi test ishlab, o'z o'sishini kuzatadi.
Kamerani varaqaga tuting — QR kod o'quvchini o'zi taniydi, baho soniyalarda chiqadi.
O'quvchi testni telefonda ishlaydi va xatolarini izohi bilan darhol ko'radi.
Markaz ichidagi reyting va nishonlar o'quvchini keyingi testga undaydi.
Yangi test berilganda o'quvchi buni ilovadagi xabarlarda ko'radi.
Kimlar uchun
Har kim o'ziga keragini ko'radi.
Butun markaz — bitta ekranda
O'qituvchilar, guruhlar, o'quvchilar va to'lovlar.
- Guruhlar va davomat
- O'qituvchilar samaradorligi
- Oylik hisob-kitob va to'lovlar
- Markaz o'z rangida — logotipdan olingan
Test tuzish — telefonda
Kompyuter oldiga o'tirish shart emas.
- Mavzudan test, bir necha daqiqada
- Varaqalarni suratga olib tekshirish
- Har bir o'quvchi bo'yicha tahlil
- Darslik sahifasini yuklab, undan mavzu olish
Ilovada test, natija va reyting
O'z darajasini o'zi ko'rib turadi.
- Test ishlash va natijani darhol ko'rish
- Mustaqil mashq testi
- Markaz reytingi va nishonlar
- Nimani takrorlash kerakligi bo'yicha maslahat
Narx
Ikki model — markazingizga qaysi biri qulay bo'lsa.
To'lov yoqilganda modelni o'zingiz tanlaysiz, keyin ham o'zgartirish mumkin. To'lov Payme yoki Click orqali.
Hisobingizni oldindan to'ldirasiz, har oy faol o'quvchilar soniga qarab yechiladi. O'quvchi kelmasa — to'lov ham yo'q.
Markaz to'lov yig'ish bilan shug'ullanmaydi. Obuna muddati tugagan o'quvchi ilovada eslatma oladi.
Yashirin to'lov yo'q — tariflar yoqilgunicha hech narsa yechilmaydi.
Savollar
Ko'p so'raladigan savollar.
Markaz rahbarlari ulanishdan oldin odatda shularni so'rashadi.
Savollarni AI yozsa, sifatiga kim javob beradi?
Savollar mavzu va sinf darajasiga qarab tuziladi, har birida to'g'ri javob va izoh bor. Test o'quvchilarga yuborilishidan oldin o'qituvchi uni ko'rib chiqadi — yoqmagan savolni tahrirlaydi.
Platforma ishlangan testlar va o'quvchilarning tipik xatolaridan o'rganib boradi, shuning uchun savollar vaqt o'tgani sari aniqroq bo'ladi.
Qaysi fanlar va qaysi tillarda ishlaydi?
A, B, C, D variantli test bilan tekshiriladigan har qanday fan: matematika, geometriya, fizika, kimyo, biologiya, tillar, tarix va boshqalar. Testni o'zbek, rus yoki ingliz tilida tuzish mumkin.
Skaner yoki maxsus uskuna kerakmi?
Yo'q. Oddiy printer va o'qituvchining telefoni yetarli. Varaqadagi QR kod o'quvchini va uning variantini o'zi taniydi, javoblar telefon suratidan o'qiladi.
O'quvchida smartfon bo'lmasa-chi?
Muammo emas. Test qog'ozda ishlanadi, o'qituvchi varaqani suratga oladi — natija baribir tizimga tushadi va tahlilda ko'rinadi. Smartfoni bor o'quvchilar esa testni ilovada ham ishlashi mumkin.
Markazimiz ma'lumotlari boshqalarga ko'rinmaydimi?
Ko'rinmaydi. Har bir markazning ma'lumoti ikki qatlamda ajratilgan — ilova darajasida va bazaning o'zida. Markazingiz tuzgan savollar ham faqat sizniki bo'lib qoladi.
Narxi qancha?
Hozircha Stepix barcha o'quv markazlari uchun bepul, to'liq imkoniyatlari bilan. Keyinroq ikki model yoqiladi: markaz to'laydigan depozit yoki o'quvchi to'laydigan obuna. Tariflar yoqilishidan oldin albatta xabar beramiz.
Ulanish qancha vaqt oladi?
Bizga yozasiz — markazingiz hisobini ochib, kirish ma'lumotlarini beramiz. Birinchi o'qituvchi va guruhni birga sozlaymiz — shundan keyin birinchi testni darhol o'tkazish mumkin.
Markazingizni ulashni boshlaymizmi?
Ro'yxatdan o'tish formasi yo'q: hisobni biz yaratamiz va kirish ma'lumotlarini beramiz.
- Markaz hisobini o'zimiz ochamiz
- Birinchi o'qituvchi va guruhni birga sozlaymiz
- Hozircha — to'liq bepul